Har yili “Ustozlar milliy forumi”ni tashkil etish an’anaga aylanib ulgurdi. Joriy yildagi forum Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi va yangi o‘quv yili uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan ushbu ikki kunlik yirik tadbirda natijalar sarhisob qilinib, yangiliklar yetkazildi, sho‘balar kesimida treninglar tashkil qilindi.
Seminarda bu yil respublikamizning turli nuqtalaridan kelgan 400 nafar ilg’or pedagoglarimiz ishtirok etdi.
Seminarda ilk bora 5E va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari viloyat, tuman (shahar), maktab miqyosida davom etadi va respublikadagi barcha ustozlar qamrab olinadi.
Forumda fidoyi hamkasblarimizni “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladik.
Yangi o‘quv yilida barcha jonkuyar ustozlarimizdan faollik kutamiz, o‘rgangan bilim va tajribalaringizni yosh avlodga yetkazishlariga ishonamiz.