Joriy yilning 20-22 avgust kunlari O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati tuman, shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlarining malaka va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha “Samarali jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish” mavzusidagi 60 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi.
O’quv kursi davomida keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, tizimli kommunikatsion siyosatni yuritish, jamoatchilik bilan aloqalarni samarali olib borish texnologiyalarini shakllantirishga qaratilgan qator nazariy va amaliy darslar o‘tildi.
Uch kunlik o’quv kursi yakunida ishtirokchilar O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo’ja tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.